Charlz Kostansa AQSh 5-armiya korpusi qo‘mondoni edi, deb yozmoqda ABC News.
"General shundoq ham ikki oydan keyin lavozimini tark etishi kerak edi. Bo‘linma qo‘mondonligidagi bunday barvaqt o‘zgarishlar sababi ma’lum qilinmayapti", — deb xabar beradi telekanal.
Korpusning mas’uliyat hududiga AQSh quruqlikdagi qo‘shinlariga rahbarlik qilish va Butun Yevropa bo‘ylab operasiyalarni muvofiqlashtirish kiradi.
Shuningdek, bo‘linma Ukrainaga AQSh yordamini muvofiqlashtirishda ko‘maklashadi va NATO'ning oldingi chizig‘i bo‘ylab AQSh harbiy ishtirokini boshqaradi.
Korpus qo‘mondoni vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib Kostansaning o‘rinbosari brigada generali Djon Mauntford tayinlandi.