Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Ukraina sobiq mudofaa vaziri Fyodorov Maskni Kiyevga yordam berishga ko‘ndirmoqchi

Ukraina sobiq mudofaa vaziri Fyodorov Maskni Kiyevga yordam berishga ko‘ndirmoqchi

Mixail Fyodorovga yaqin shaxslarning The Atlantic nashriga ma’lum qilishicha, iste’foga chiqqanidan so‘ng Fyodorov Ukrainaga ko‘mak masalasida norasmiy kanallar orqali amerikalik miliarder Mask bilan bog‘lanishga harakat qilmoqda.

"Biroq SpaceX va Tesla rahbari hozircha Rossiyaning ballistik raketalarni uchirish qurilmalarini yo‘q qilishda yordam berish borasidagi o‘z pozisiyasini o‘zgartirishni xohlamayapti. Ilon Mask hamon Ukrainaga Rossiyaning ballistik raketalarni uchirish qurilmalariga zarba berish uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanishiga ruxsat berishdan bosh tortmoqda", deyiladi xabarda.

Shuningdek, The Atlantic ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp Ukrainaga qo‘shimcha Patriot tizimlari va ularni ishlab chiqarish uchun lisenziya taqdim etishni rad etganidan so‘ng, Kiyev Mask orqali bu masalada AQSh prezidentining roziligini olishga urinishni davom ettirmoqda. Biroq hozircha ijobiy natijaga erishilmagan.

Nashrning qayd etishicha, Mask mojaroning yanada kuchayib ketishidan xavotirda va kelishuv tuzish vaqti keldi deb hisoblaydi.

Kiritildi: Bugun 13:30. O'qildi: 692 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!