Bugun 13 iyun, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonlik talaba SHHT tanlovida g‘olib bo‘ldi

O‘zbekistonlik talaba SHHT tanlovida g‘olib bo‘ldi

Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) Kotibiyati 1 apreldan 20 maygacha tashkilotga a’zo davlatlar oliy o‘quv yurtlari talabalari, magistrantlari va aspirantlari o‘rtasida eng yaxshi ilmiy maqola uchun tanlov o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir SHHTning yubileyiga bag‘ishlandi va tashkilotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini rag‘batlantirishga qaratildi.

Tanlov “SHHTning 25 yilligi: barqaror kelajak yo‘lidagi sheriklik” mavzusida o‘tkazildi. Ishtirok etish uchun jami 600 dan ortiq ilmiy ishlar xitoy, rus va ingliz tillarida taqdim etildi. Tashkiliy qo‘mita qaroriga ko‘ra, birinchi o‘rin “SHHTga a’zo har bir davlatdan bittadan g‘olib” tamoyili asosida topshirildi.

O‘zbekistondan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining 3-bosqich talabasi Nilufar Muratbayeva g‘olib bo‘ldi. Uning ilmiy ishi “Mintaqaviy hamkorlikdan barqaror o‘zgarishlarga: Markaziy Osiyoda institusional va raqamli moslashuvni qo‘llab-quvvatlashda SHHTning roli” mavzusiga bag‘ishlandi.

Kiritildi: Bugun 19:24. O'qildi: 171 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!