«Manchester Yunayted»ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz Erling Xoland kelajakda «Barselona»ga o‘tishi mumkinligini taxmin qildi.
«Agar «Manchester Siti» APLdan chetlatilsa, Xoland «Barselona»ga o‘tadi, deb o‘ylayman. U «Real»ga ham mos futbolchi, uni Madrid klubi libosida tasavvur qila olaman. Ammo katta ehtimol bilan «Barsa»ni tanlaydi. Otasi bu borada allaqachon aloqalar o‘rnatmagan bo‘lsa, hayron qolaman», — dedi Skoulz.
26 yoshli norvegiyalik hujumchining «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2034 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.