2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonda 70 yosh va undan katta bo‘lgan 29 nafar erkak ota bo‘lgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, yilning dastlabki olti oyida mamlakatda jami 373 389 ta tirik tug‘ilish qayd etilgan.
Tug‘ilishlar otalarning yoshi bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
Eng katta ulush 25–39 yoshli otalar hissasiga to‘g‘ri kelgan — ushbu yosh toifasida 309 mingdan ortiq farzand tug‘ilgan.