Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sergeli tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tijorat banklardan birining mas’ul shaxslari fuqaro I.M.ning omonatga qo‘yilgan 500 000 AQSh dollaridan I.M.ning nomidan qalbaki ariza va boshqa hujjatlarni rasmiylashtirib 300 000 AQSh dollarini o‘zlashtirib talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.