2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 638 628 ta tirik tug‘ilish holati qayd etilgan. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 26 mingtaga kam.
Eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatida – 77 537 ta, Qashqadaryoda – 72 508 ta va Farg‘onada – 71 437 ta qayd etilgan.
Eng kam ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 15 377 ta va Navoiyda – 17 533 tani tashkil etgan.