Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

O‘zbekistonda tashkil qilingan ijtimoiy tarmoqlardan biri faoliyatini tugatadi

O‘zbekistonda tashkil qilingan ijtimoiy tarmoqlardan biri faoliyatini tugatadi

 

Joriy yilning 3 iyunidan Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini to‘xtatadi. Bu haqda ma’muriyat tarmoqdan ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilarni bu haqda ogohlantirgan.

«Assalomu alaykum hurmatli foydalanuvchi. Sizga Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatishi haqida ma’lum qilamiz. Muloqot.uz ishining to‘xtatilishi 2018 yil 3 iyunda amalga oshiriladi. Shaxsiy profilingizdagi kerakli ma’lumotlarni (foto, video, yozishmalar, kontaktlar ro‘yxati, musiqa pleylisti va hok.) olib qo‘yish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rishingizni so‘raymiz. Sayt ma’muriyati «Muloqot.uz» loyihasidagi faol ishtirokingiz uchun minnatdorchilik bildiradi», deb yoziladi tarmoqdagi bayonotda.

Ma’lumot uchun, Muloqot.uz ijtimoiy tarmog‘i «Simple Networking Solutions» MCHJ tomonidan tashkil qilingandi. Sayt 2011 yilning 19 avgustida faoliyatini boshlagan.

manba: xs.uz

Kiritildi: 12:12 30.05.2018. O'qildi: 1226 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!