Tayvanlik baliqchining qarmog‘iga ulkan tunes ilindi, deb xabar berdi Need To Know.
48 yoshli Lin Iszyun baliqni tutganidan so‘ng o‘zini «lotereyada jek-pot yutgandek» his etganini aytdi. Chunki uning qarmog‘iga birinchi marta bunday ulkan baliq ilindi.
216 kiloli baliq qiymati 67 ming funt sterling (taxminan 88 ming dollar)ga yetishi mumkin. Garchi narx hozircha tasdiqlanmagan bo‘lsa-da, baliqchi kimoshdi savdosida yanada ko‘proq pul ishlashga umid qilmoqda.