O‘zbekistonlik futbol jurnalisti Faxriddin Ro‘ziyev o‘zining telegram kanalida o‘zbek futbolidagi kelishilgan o‘yinlar bo‘yicha bir nechta postlar chop etdi.
Unda yaqinda Farg‘onadagi "Istiqlol" stadionida bo‘lib o‘tgan "Vodiy derbisi" haqida so‘z borgan. "Neftchi" - "Navbahor" (3:2) o‘yini haqida quyidagicha fikrlarni bildirdi: "Nima deb o‘ylaysiz, Farg‘ona hokimi bilarmikan: u bir necha yildan beri "rasxod" qilayotgan jamoani derbida "chopish" bo‘yicha federasiyadan qat’iy ko‘rsatma bo‘lganini?"
Shuningdek, "Andijon" jamoasining hakamlar tomonidan "so‘yib" tashlanayotgani, kelishilgan o‘yinlar haqida aniq ma’lumotlarga ega ekanligini bildirib o‘tgan.
Qolaversa, O‘FA rahbariyatini mamlakat prezidenti SH.Mirziyeyovni aldayotganlikda ayblagan.