Lavrov G‘arb "yangi urush"ga tayyorgarlik ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Evro-Atlantika hamjamiyati "barcha kuch-g‘ayratini yangi urushga tayyorgarlik ko‘rishga yo‘naltirgan". Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Antaliya diplomatik forumidagi chiqishida aytib o‘tdi.
"Bu Yevro-Atlantika hamjamiyatining barcha sa’y-harakatlari yangi urushga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan", - dedi Lavrov. Uning so‘zlariga ko‘ra, "bu jarayonni Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya boshqarmoqda".
Bundan tashqari, Lavrov Rossiya Turkiyaga "moratoriy kuchga kirganidan beri Ukrainaning energetika inshootlariga qilgan hujumlari ro‘yxati"ni topshirganini ma’lum qildi.