Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

AQSH-Eron muzokaralari yakunlandi

AQSH-Eron muzokaralari yakunlandi

Axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh va Eron o‘rtasida Tehronning yadro dasturi yuzasidan olib borilgan muzokaralar ikki soatdan ortiq davom etgach, yakuniga yetgan.

Associated Press agentligi muxbirlari AQSh elchisi Stiv Vitkoffni olib ketayotgani taxmin qilinayotgan avtomobillar qatorini Ummon poytaxti Maskatdagi muzokaralar o‘tkazilgan hududdan chiqib ketayotganini ko‘rganliklarini xabar qildi.

Eronning Tasnim axborot agentligi ham muzokaralar yakunlangani haqida ma’lumot berdi. Ammo bu haqda zudlik bilan rasmiy tasdiqlash bo‘lmadi.

Kiritildi: 20:30 12.04.2025. O'qildi: 3787 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!