Bugun 14 aprel, 2025 yil, dushanba

КИР

Jangarilar qurollarini topshirdi

Jangarilar qurollarini topshirdi

Suriya xavfsizlik kuchlarining maxsus bo‘linmalari Damashqdagi o‘tish davri hukumatiga bo‘ysunmagan guruhlarning tayanchi hisoblangan janubiy Deraa viloyatining to‘rtta tumani ustidan nazoratni o‘rnatdi.

Syria TV telekanalining xabar berishicha, mahalliy qabila oqsoqollari bilan erishilgan kelishuv natijasida jangarilar Mseyfara, Sayda, Al-Jiza va As-Saxva aholi punktlarida hukumatga qurollarini topshirishga rozi bo‘lishdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari ilgari bir qator mahallalarida otishmalar yuz bergan va komendantlik soati joriy etilgan Bosra ash-Shom shahrida (Damashqdan 110 km uzoqlikda) ham tartibni tikladi. Deraa viloyati hokimi Anvar az-Zoubiyning ta’kidlashicha, to‘qnashuvlarni uyushtirganlar huquq-tartibot organlariga topshiriladi.

Kiritildi: 22:48 12.04.2025. O'qildi: 9311 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!