Bugun 13 aprel, 2025 yil, yakshanba

КИР

Lukashenko Belarusga 150 ming pokistonlikni olib kelmoqchi

Lukashenko Belarusga 150 ming pokistonlikni olib kelmoqchi

Belarus 100-150 ming nafar pokistonlik mutaxassisni ishga qabul qilishga tayyor ekanini bildirdi. Mamlakat prezidenti Aleksandr Lukashenko 11 aprel kuni Minskda Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan o‘tkazilgan muzokaralar yakunida jurnalistlarga shunday ma’lumot berdi, deya xabar qilmoqda BELTA muxbiri.

"Shuningdek, do‘stim Pokiston bosh vaziri bilan kelgusi vaqtda turli soha mutaxassislarini yuborish to‘g‘risida kelishib oldik. Bu biz so‘ragan sohalar bo‘ladi. Pokiston rahbariyati bizga bunday mutaxassislarni tanlab berishda ko‘maklashadi. Bu 100 ming, balki 120-150 ming mutaxassis bo‘lishi mumkin. Biz ularni Belarusda qabul qilishga va ularning ishlashi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berishga tayyormiz," deya ta’kidladi u.

Ushbu tashabbus Pokiston tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

"Saxovatli taklifingiz va Pokistondan yuz mingdan ortiq yuqori malakali ishchilarni Belarusga ishlash uchun taklif etganingiz uchun butun qalbimdan, delegasiyamiz va Pokiston xalqi nomidan sizga minnatdorchilik bildirish uchun ijozat bering, - dedi bosh vazir. - Ishoning, bu taklif kunimni yanada yorqin qildi. Bu Belarusdan o‘zim bilan olib ketayotgan haqiqiy sovg‘a, birodarim Aleksandr Lukashenkoning qimmatli tuhfasi."

Shahboz Sharif Belarusda ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladigan barcha pokistonlik "mutaxassislar" "a’lo darajada tayyorgarlikka" ega bo‘lishiga ishonch bildirdi. "Ular haqiqatan ham yuqori malakali ekanliklariga va mamlakatingizga yordam bera olishlariga amin bo‘lasiz. Ular mehnatsevar, ko‘nikmalarga ega va oilalarini ta’minlashlari kerak. Ular Minsk va Islomobod o‘rtasida biz qurayotgan o‘sha ko‘prikni barpo etishlari mumkin."

Kiritildi: 20:47 12.04.2025. O'qildi: 1497 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!