AQSh Grenlandiyani o‘ziga bo‘ysundirish rejasini ishlab chiqdi.
Donald Tramp ma’muriyati Grenlandiyani nazorat ostiga olish rejasini amalga oshirishga kirishdi. Reja orolni zo‘rlik bilan egallab olishni emas, balki grenlandiyaliklar jamoatchilik fikrini o‘zgartirishni ko‘zda tutadi. The New York Times gazetasi yozishicha, reja bir nechta vazirliklarni qamrab olgan bo‘lib, ularga aniq ko‘rsatmalar yuborilgan.
NYT manbasi aytishicha, Grenlandiyani AQSh nazorati ostiga olish rejasi Milliy xavfsizlik kengashining bir nechta yig‘ilishida muhokama qilingan va bir nechta vazirlikka aniq ko‘rsatmalar berilgan.
Nashr ma’lum qilishicha, rejaga ko‘ra, AQSh sa’y-harakatlari orolning 57 ming aholisini "Qo‘shma Shtatlarga qo‘shilishni so‘rashlari kerak" degan fikrga ishontirishga qaratiladi.
Shuningdek, Tramp tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda reklama va targ‘ibot kampaniyalarini joylashtirish, AQSh xabarlarida esa Alyaskaning tub aholisi bo‘lgan grenlandiyaliklar va inuitlarning umumiy merosiga urg‘u berish masalalari ham muhokama qilingan.
Tramp ma’muriyasi grenlandiyaliklarga ehtimoliy moliyaviy rag‘batlar berish masalasini ham ko‘rib chiqmoqda. The New York Times gazetasining yozishicha, bu Daniya har yili orolga ajratadigan 600 million dollarlik subsidiya o‘rniga, orolning har bir aholisiga yiliga 10 ming dollar miqdorida subsidiya berish kabi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
NYT ta’kidlashicha, "Trampning ayrim amaldorlari bu xarajatlar Grenlandiyaning kam uchraydigan yer minerallari, mis, oltin, uran va neft kabi tabiiy boyliklarini qazib olishdan keladigan yangi daromadlar hisobiga qoplanishi mumkin, deb hisoblashmoqda."