Donald Trampning so‘nggi bir necha oy mobaynida o‘z lavozimida qabul qilgan qarorlariga qaraganda, voqealar rivojlanishining eng g‘ayritabiiy va ehtimoldan uzoq ssenariylari amalga oshishi mumkinligini istisno etib bo‘lmaydi.
Bu haqda mashhur rossiyalik iqtisodchi Mixail Xazin "Naidi Mamonta" YouTube-kanaliga bergan intervyusida ta’kidladi.
Uning aytishicha, ma’lum bir paytda AQSh prezidenti AQSh dollarining mamlakat tashqarisida ishlatilishini taqiqlash to‘g‘risida e’lon qilishi mumkin. Bundan tashqari, ekspert ta’kidlaganidek, Tramp Amerikaga barcha dollar o‘tkazmalarini to‘xtatib qo‘yishi ham ehtimoldan xoli emas.
Mutaxassis tushuntirishicha, bu chora barcha kompaniyalarni o‘z ishlab chiqarishlarini ochish uchun AQShga intilishga undash maqsadida joriy etilishi mumkin. Bu ularga davlat tashqarisida dollar ishlatish taqiqini aylanib o‘tish imkonini beradi.
Xazin shuningdek, Tramp ikki tomonlama muzokaralar paytida u yoki bu davlat rahbarlari bilan har qanday masalada ularni yanada murosaga moil qilish uchun bunday taqiqni joriy etish tahdididan kuchli vosita sifatida foydalanishi mumkinligini inkor etmadi.