Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari uchun yangi tartib kuchga kiradi

O‘zbekistonda reklama qo‘ng‘iroqlari uchun yangi tartib kuchga kiradi

O‘zbekistonda 1 noyabrdan fuqarolarni bezovta qiluvchi reklama qo‘ng‘iroqlari va SMS xabarlarga nisbatan yangi cheklovlar joriy etiladi.

Prezidentning 2026 yil 15 iyuldagi PQ–265-son qaroriga muvofiq, soat 18:00 dan ertalab 09:00 gacha mobil aloqa orqali reklama qo‘ng‘iroqlari qilish va xabarnomalar tarqatish taqiqlanadi.

Shuningdek, kompaniyalar tovar va xizmatlarini targ‘ib qiluvchi SMS xabarlarni faqat fuqaroning yozma yoki elektron roziligi bilan yuborishi mumkin.

Reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarlarini tarqatish xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar o‘z axborot tizimlarini shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reestrida ro‘yxatdan o‘tkazishi shart.

Yangi tartibga ko‘ra, mobil operatorlar abonent talab qilsa, o‘zlari tarqatadigan reklama qo‘ng‘iroqlari va xabarnomalarini to‘liq yoki qisman bloklashi kerak.

Mazkur talablarni buzganlarga nisbatan reklama va shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilik asosida chora ko‘riladi.

Kiritildi: 20:26 31.10.2026. O'qildi: 904 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik