Bugun 23 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

O‘zbekistonda naqd to‘lov limiti 176 mln so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda naqd to‘lov limiti 176 mln so‘mgacha oshiriladi

O‘zbekistonda tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilish limiti 25 mln so‘mdan 176 mln so‘mgacha oshiriladi.

Prezidentning PF–175-sonli farmoni bilan tadbirkorlar va iste’molchilar uchun yangi tartib belgilandi.

Unga ko‘ra, tovar va xizmatlar uchun naqd shaklda amalga oshiriladigan hisob-kitoblarning eng yuqori miqdori BHMning 400 baravari etib belgilanmoqda.

2026 yil 1 sentyabrdan BHM 440 ming so‘m etib belgilangan. Shu asosda naqd to‘lovning maksimal miqdori 176 mln so‘mni tashkil etadi.

Amalda esa naqd hisob-kitoblar uchun 25 mln so‘mlik limit qo‘llanib kelgan. Yangi tartib bilan mazkur chegara 7 baravardan ziyodga oshirilmoqda.

Yangi tartib natijasida:

  • qimmatroq tovar va xizmatlar uchun naqd hisob-kitob qilish imkoniyati kengayadi;
  • tadbirkorlar va xaridorlar uchun hisob-kitob jarayoni qulaylashadi;
  • xorijiy sayyohlar uchun yirik xaridlarni amalga oshirishda qo‘shimcha qulaylik yaratiladi.

Shu bilan birga, faqat naqdsiz shaklda to‘lanishi belgilangan tovar va xizmatlar uchun mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

Kiritildi: 19:00 10.09.2026. O'qildi: 863 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!