Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda keskin sovuq va kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda

O‘zbekistonda keskin sovuq va kuchli yog‘ingarchilik kutilmoqda


9–12 noyabr kunlari respublika bo‘ylab ob-havo keskin o‘zgaradi. O‘zgidromet shtorm ogohlantirishi e’lon qildi.

9–10 noyabr kunlari ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi, suv toshqinlari hamda sel hodisalari kuzatilishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor bo‘ronlari ehtimoli bor.

Harorat 9 noyabrdan shimolda, 10–11 noyabrdan esa respublikaning boshqa hududlarida sezilarli pasayadi. Shimolda kechasi —7 darajagacha. Boshqa hududlarda 0…—3 darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda.

Kunduzi harorat shimolda +8, boshqa hududlarda +13 darajagacha ko‘tariladi.

Fuqarolardan ob-havo o‘zgarishlarini inobatga olib, ehtiyot choralarini ko‘rish so‘raladi.

Kiritildi: 21:35 06.11.2026. O'qildi: 869 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik