Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Muhsin Rizoiy Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Islom Respublikasi oliy rahbari Mo‘jtabo Xomanaiyning maktubini topshirdi.
IRIB telekanali xabar berishicha, bu haqda Rizoiy Moskvada Rossiya rahbari bilan uchrashuvdan so‘ng jurnalistlarga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, muzokaralar davomida tomonlar mintaqadagi dolzarb masalalarni, xususan, mojarodan keyingi davr va xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq mavzularni muhokama qilgan.
«Biz Vladimir Putin bilan muhim mintaqaviy masalalar yuzasidan maslahatlashuvlar o‘tkazdik. Oliy rahbar mendan o‘z maktubini eng qisqa muddatda Putinga yetkazishimni so‘ragan edi. Rossiya prezidenti oliy rahbarga o‘zining iliq va samimiy salomlarini yo‘lladi», — dedi Rizoiy.
U maktubning mazmuniga oid tafsilotlarni oshkor qilmadi.