Zaporoje viloyatidagi Kamishevaxaga berilgan aviahujum oqibatida halok bo‘lganlar soni 53 nafarga yetdi. Qidiruv-qutqaruv ishlari beshinchi kun davom etmoqda.
Sumi viloyatida Rossiya hujumlari oqibatida olti kishi, jumladan, bir bola jarohat oldi. Donesk viloyatida bir kishi halok bo‘ldi, 23 ta fuqarolik ob’ekti, jumladan, yettita turar joy binosi vayron bo‘ldi.
Kramatorsk shahriga uchta "KAB-250" aviabombasi va dronlar bilan hujum qilindi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi.
Rovno viloyatidagi ertalabki hujum oqibatida ham bir erkak halok bo‘ldi. Uy va yuk mashinasiga zarar yetgan.
Dnepropetrovsk viloyatining Kamenskoye shahridagi sport majmuasiga hujum oqibatida 60 yoshli ayol jarohatlangan.