Bugun 6 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutkaga qamaldi

Aktrisa Nilufar Hamidova 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 5 noyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tumani sudida 1978 yilda tug‘ilgan N.H.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilgan.

Sud qaroriga ko‘ra, u Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasida (mayda bezorilik) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 7 sutka ma’muriy qamoq jazosiga tortilgan.

Avvalroq Nilufar Hamidovaning ko‘cha va bekat atrofida tasvirga olgan videosi ijtimoiy tarmoqlarda e’tirozlarga sabab bo‘lgandi. Holat yuzasidan ichki ishlar organlari surishtiruv o‘tkazib, blogerning ishi sudga oshirilgan.

Kiritildi: 22:43 05.11.2026. O'qildi: 3204 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik