AQSh prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi urushni tugatish doirasida butun Yevropaga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan yirik kelishuvga erishilishini aytdi.
"Bu katta va ajoyib kelishuv bo‘ladi. U nafaqat Ukrainaga, balki butun Yevropaga ham taalluqli bo‘lishi mumkin", — dedi Tramp.
5 noyabr kuni u Rossiya prezidentining maxsus vakili Kirill Dmitriyev bilan uchrashgan, ammo muzokaralar tafsilotlarini ochiqlamagan.
Avvalroq Trampning maxsus vakili Stiv Uitkoff 10–11 noyabr kunlari Abu-Dabida AQSh vositachiligida Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch tomonlama muzokaralar o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan edi.