Armaniston kelasi hafta ODKB doirasida qarorlar qabul qilishda ovoz berish huquqidan vaqtincha mahrum qilinishi mumkin.
Bunga mamlakatning ikki yildan ortiq vaqt davomida tashkilotga a’zolik badallarini to‘lamagani sabab bo‘lgan.
Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Aleksandr Pankinning ma’lum qilishicha, ODKB nizomida qarzdor davlatning qarorlar qabul qilishdagi ishtiroki vaqtincha to‘xtatilishi ko‘zda tutilgan. Bu cheklov qarz to‘liq to‘languniga qadar amal qilishi mumkin.