Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya hujumlari oqibatida mamlakatdagi barcha elektr stansiyalari zarar ko‘rganini bildirdi. Bu haqda u Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlari vakillari ishtirokidagi xalqaro sammitdagi nutqida ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Rossiya dron va raketalar orqali energetika ob’ektlariga, hatto atom elektr stansiyalarining ishlashi uchun zarur bo‘lgan uskunalarga ham zarba bermoqda.
Zelenskiy Ispaniya va Lotin Amerikasi davlatlaridan elektr uskunalari, kabellar va generatorlar yetkazib berishda yordam so‘radi. Ma’lum qilinishicha, Rossiya qish oldidan Ukraina energetika tizimiga hujumlarni kuchaytirgan.