Bugun 7 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 2028 yilgi prezidentlik saylovida kimni qo‘llab-quvvatlaydi?

AQSh Davlat kotibi Marko Rubio 2028 yilgi prezidentlik saylovida kimni qo‘llab-quvvatlaydi?

Bu haqda Rubio The New York Times gazetasiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

«Jey Di mening juda yaqin do‘stim. Agar Jey Di prezidentlik poygasida ishtirok etishga qaror qilsa, u favqulodda kuchli nomzod bo‘ladi. Men bu haqda avval ham ochiq aytganman va yana bir bor ta’kidlayman: uni birinchi bo‘lib men qo‘llab-quvvatlayman», — dedi Rubio.

Rubio o‘zining prezidentlik lavozimiga nomzodini qo‘yish niyati bor-yo‘qligi haqidagi savolga javob berishdan bosh tortdi.

«Men endi 2028 yil haqida gapirmayman. Shunchaki bu haqda gapirmayman», — dedi u.

Kiritildi: 10:10 06.11.2026. O'qildi: 716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik