Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda jinoyatchilikni prognoz qiluvchi yagona platforma yaratiladi

O‘zbekistonda jinoyatchilikni prognoz qiluvchi yagona platforma yaratiladi


Prezidentning 2026 yil 6 noyabrdagi PF–241-son farmoniga muvofiq, Yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi ishlab chiqilib, ishga tushiriladi.

Platforma hududlar, mahallalar va jinoyat turlari bo‘yicha jinoyatchilik dinamikasini yarim yillik va yillik prognoz qilish imkonini beradi. Natijalar asosida kriminogen vaziyati og‘ir hududlarga zarur choralar ko‘rsatilgan xabarnomalar yuboriladi.

Shuningdek, jinoyatlarning sabablari, mas’ul idoralar va mansabdor shaxslar hamda muammolarni bartaraf etish choralarining elektron reestri yuritiladi. Ko‘rilgan choralar natijasi inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qilinadi.

2027 yil yakunigacha platforma Toshkent shahrining Olmazor tumanida sinovdan o‘tkaziladi. 2028 yildan barcha hududlarga bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Har yili aholi o‘rtasida milliy viktimologik so‘rov, xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonch bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkaziladi.

Yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probasiya hisobidagi shaxslar, «qizil» toifadagi mahallalar bo‘yicha manzilli kriminologik tadqiqotlar ham tashkil etiladi.

Kiritildi: 11:30 09.11.2026. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik