O‘zbekistonning har bir mahallasi uchun energetik pasport joriy etiladi. Bu haqda Energetika vaziri ma’lum qildi.
Energetik pasportda mahalladagi iste’molchilar soni va ularning toifalari, elektr va gaz tarmoqlarining holati, shuningdek, ta’mirlash ishlarini amalga oshirish zarurati haqidagi ma’lumotlar aks ettiriladi.
Yangi tizim orqali har bir mahallaning energetika infratuzilmasi holatini tizimli ravishda baholash va mavjud muammolarni aniqlash imkoniyati yaratiladi.
Shuningdek, aholining elektr va gaz ta’minoti bilan bog‘liq murojaatlarini qabul qilish uchun maxsus mobil ilovani ishga tushirish rejalashtirilmoqda.
Mazkur ilova orqali fuqarolar energetika sohasidagi muammolar haqida murojaat yuborishi va ularning ko‘rib chiqilishini kuzatishi mumkin bo‘ladi.