O‘zbekistonda «Hayvonlarni identifikasiya qilish, ro‘yxatga olish va kuzatish to‘g‘risida»gi qonun kuchga kirdi.
Hujjatga ko‘ra, mamlakat hududida saqlanadigan va ko‘paytiriladigan hayvonlar quyidagi muddatlarda identifikasiya qilinishi va ro‘yxatga olinishi kerak:
• yirik shoxli qoramollar, qo‘ylar, echkilar va tuyalar — tug‘ilgan paytidan e’tiboran 14 kun o‘tgach;
• otlar — tug‘ilgan paytidan e’tiboran to‘rt oy o‘tgach;
• cho‘chqalar — tug‘ilgan paytidan e’tiboran bir oy o‘tgach;
• itlar va mushuklar — tug‘ilgan paytidan e’tiboran uch oy o‘tgach.
Agar hayvon egasi ko‘rsatilgan muddatlarga ulgurmasa, ro‘yxatdan o‘tish uchun unda yana bir oy muddat qoladi.