Toshkentda qizga intim fotosurat va videolarini tarqatib yuborish bilan tahdid qilgan erkak qo‘lga olindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 27 yoshli qiz huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilgan. U gumonlanuvchi ushbu materiallarni tarqatmaslik va oila a’zolariga ko‘rsatmaslik evaziga 3 ming dollar talab qilayotganini ma’lum qilgan.
Natijada, erkak tezkor tadbir davomida pul mablag‘larini olayotgan vaqtda ushlanadi.
Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.