Pxenyan Tokio tomonidan AQSh floti bilan hamkorlikda Tomahawk qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazishiga javoban “qo‘shimcha harbiy variantlar”ni ko‘rib chiqishini ma’lum qildi. Bu haqda KXDR Mehnat partiyasi Markaziy qo‘mitasi bo‘lim mudiri, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon aytdi.
“Yaponiya “faqat mudofaa davlat” degan aldamchi ko‘rinishdan voz kechdi va o‘zining yadro quroliga ega bo‘lish masalasini ochiq muhokamaga olib chiqmoqda. Shu bilan birga, Tinch okeanida AQShdan olingan uzoq masofali Tomahawk qanotli raketalarini ishga tushirish bo‘yicha harakatlar olib bormoqda.
Janubiy Koreya esa qo‘shni davlatlardan kelayotgan “dengiz tahdidlari” haqida shov-shuv ko‘tarmoqda va atom suvosti kemalarini ishlab chiqishni tezlashtirmoqda”, deyiladi bayonotda.