Bugun 8 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Namangan shahrining sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev 11 yilga qamaldi

Namangan shahrining sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev 11 yilga qamaldi



Jinoyat ishlari bo‘yicha O‘zbekiston tuman sudining 7 avgustdagi hukmi bilan Namangan shahrining sobiq hokimi Anvar Otaxo‘jayev Jinoyat kodeksining 167, 168, 205, 206, 207, 209 va 210-moddalarining tegishli qism va bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Unga jinoyat kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida uzil-kesil 3 yil muddatga mansabdorlik va moddiy javobgarlik yuklatilgan ishlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, A.Otaxo‘jayev 2025 yil sentyabr oyida 60 ming dollar pora bilan ushlangan edi.

Kiritildi: 16:40 07.08.2026. O'qildi: 1477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!