Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh davlat kotibi Rubio ushbu masalani 23 iyul kuni Manilada Lavrov bilan uchrashuvda ko‘targan. Reuters manbasining ta’kidlashicha, Lavrovning javobi unga ma’lum emas.
Davlat departamentida ta’kidlashlaricha, ular Gilmanning ishini diqqat bilan kuzatib bormoqda va uni AQShga qaytarish chaqirig‘i bilan Rossiya tomoniga bir necha bor murojaat qilishgan.
Vashington, shuningdek, amerikalikning sog‘lig‘i holatidan xavotir bildirgan.
Rossiyada jazo o‘tayotgan AQSh fuqarosi, sobiq dengiz piyoda askari Robert Gilman psixiatriya bo‘limiga yotqizildi. Reuters agentligiga ko‘ra, huquq himoyachilari uning ahvoli o‘ta og‘ir ekani va qamoqxonada qiynoqqa solingan bo‘lishi mumkinligidan xavotir bildirmoqda.