Bugun 12 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi

O‘zbekistonda elektromobillar soni 65 mingdan oshdi

2025 yil 1 aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Elektromobillar asosan Toshkent shahrida to‘plangan bo‘lib, bu yo‘nalishdagi raqamlar mintaqalar kesimida katta farq bilan ajralib turibdi.

Milliy Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida 49 ming 736 ta elektromobil qayd etilgan. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (4 512 ta) va Samarqand viloyati (1739 ta) turibdi. Elektromobillar soni eng kam qayd etilgan hudud — Surxondaryo viloyati bo‘lib, bu yerda atiga 198 ta elektromobil mavjud.

Shuningdek, Xorazm viloyatida 1415 ta, Farg‘onada 1376 ta, Qashqadaryoda 1338 ta va Buxoroda 1133 ta elektromobil qayd etilgan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa 525 ta transport vositasi ro‘yxatga olingan.

O‘zbekiston bo‘yicha elektromobillar rivojlanishi to‘g‘risidagi mazkur ma’lumot mamlakatda ekologik toza transport vositalariga talab ortganini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, hududlar bo‘yicha infratuzilma rivoji va bozor imkoniyatlari farqli ekanligi ham sezilarli darajada namoyon bo‘lmoqda.

Kiritildi: 17:57 11.07.2025. O'qildi: 444 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!