"Manchester Siti" Angliya Liga Kubogi 1/4 finalidan o‘rin olgan "Brentford"ga qarshi bahsda g‘alaba qozondi - 2:0. O‘yin Manchesterdagi "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvning 32-daqiqasida fransiyalik yarim himoyachi Rayan Sherki hisobni ochdi. Tanaffusdan so‘ng braziliyalik vinger Savinyo mezbonlarning ikkinchi goliga mualliflik qildi.
Ushbu bellashuvda Abduqodir Xusanov 90 daqiqada maydonda harakat qildi. Shuningdek, uchrashuvning 16-daqiqasida ogohlantirildi.
"Manchester Siti"ning yarim finaldagi raqibi qur’a natijalariga ko‘ra aniqlanadi. Avvalroq "Chelsi" "Kardiff Siti"ni mag‘lub etib (3:1), yarimfinalga chiqqan edi.