Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

«Hayratda qoldim»: Lavrov fon der Lyayen so‘zlariga munosabat bildirdi

«Hayratda qoldim»: Lavrov fon der Lyayen so‘zlariga munosabat bildirdi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Yevropa Komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayenning AQShning Yevropa demokratiyasiga aralashmasligi haqidagi bayonotlaridan hayratga tushdi.

U bu haqda "Yagona Rossiya" partiyasi Bosh kengashining xalqaro hamkorlik bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Lavrov fon der Lyayenning AQSh prezidenti Donald Trampga qilgan ommaviy murojaatini sharhlayotib, "Siyosiy arboblarning bunday soddadilligidan hayratda qoldim," dedi.

TIV rahbari shu bilan birga Yevropa Ittifoqining o‘zi mustaqil davlatlardagi saylov jarayonlariga faol aralashayotganini ta’kidladi.

U misol sifatida Moldova va Ruminiyani keltirdi.

"Moldova va Ruminiya hamma yoqda tilga olinmoqda," deya yakunladi Lavrov.

Kiritildi: 19:32 18.12.2025. O'qildi: 882 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!