Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Rossiyada migrantlar uchun yangi cheklovlar kiritiladi

Rossiyada migrantlar uchun yangi cheklovlar kiritiladi

2026 yildan boshlab Rossiyada migrantlar uchun bir qator yangi cheklovlar joriy etiladi. Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin imzolagan qarorga ko‘ra, ular alkogol va tamaki savdosida ishlay olmaydi, shuningdek qurilish sohasida ularning ulushi ham kamaytiriladi.

Yangi qoidalarga muvofiq:
➖ ish beruvchilar xorijiy mutaxassislar sonini hududiy va tarmoq bo‘yicha belgilangan limitlarga moslashtirishi shart;
➖ bozorlar va ko‘chma savdo nuqtalarida chakana savdoga xorijiy fuqarolar jalb etilishi taqiqlanadi;
➖ dorixonalarda dori vositalari savdosida ham chet elliklar ishlay olmaydi;
➖ yo‘lovchi va yuk tashish sohalarida migrantlar ulushi umumiy ishchi kuchining 24%dan oshmasligi kerak;
➖ qurilishda ularning ulushi 80%dan 50%ga, sabzavot yetishtirishda 50%dan 40%ga, o‘rmon xo‘jaligi va yog‘och qayta ishlashda ham 50%dan 40%ga kamaytiriladi.
Agar kompaniyada migrantlar ulushi belgilangan limitdan oshsa, ish beruvchi xodimlar bilan shartnomalarni bekor qilishi yoki ma’muriy javobgarlikka tortilishi mumkin. Mansabdor shaxslarga 45–50 ming rubl, yuridik shaxslarga 800 ming rubldan 1 million rublgacha jarima yoki 14–90 kun faoliyatni to‘xtatish jazosi belgilanadi.

Kiritildi: 16:17 18.12.2025. O'qildi: 971 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!