Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tojikistonda Podmoskovye maktabida halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyev bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazilmoqda

Tojikistonda Podmoskovye maktabida halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyev bilan xayrlashuv marosimi o‘tkazilmoqda

Tojikistonning Shahrinav tumanida Moskva viloyatidagi maktabda sodir etilgan hujum natijasida halok bo‘lgan 10 yoshli Qobiljon Aliyev bilan xayrlashuv marosimi boshlandi.

Marhum bolaning jasadi ertalab Tojikistonga olib kelindi va Shahrinav tumanining Ajam qishlog‘idagi qarindoshlaridan biri uyiga yetkazildi.

«Aziya-Plyus» jurnalistlariga Dushanbe aeroportida jasadni olib chiqish paytida videotasvirga olishga ruxsat berilmadi. Cheklov sabablari izohlanmadi. Ajam qishlog‘ida ham suratga va video tasvirga olish taqiqlanib, mahalliy hokimiyat vakili dafn marosimi o‘tkazilayotgan joyni tasvirga olmaslik bo‘yicha ko‘rsatma berilganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:29 18.12.2025. O'qildi: 891 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!