Bu haqida Shavkat Mirziyoyevning “Bolalar farovonligiga investisiya" butunjahon sammiti ishtirokchilariga tabrik so‘zida aytib o‘tilgan.
O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim qamrovi 27,7 foizdan 78 foizga oshdi, so‘nggi besh yilda bolalar kambag‘alligi qariyb to‘rt baravar qisqardi. Inklyuziv maktablar soni ham sezilarli ko‘paydi”, - deyiladi murojaatda.
Samarqandda 21-22 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan sammitda dunyoning 100 dan ortiq mamlakatidan 600ga yaqin ishtirokchi – davlat va hukumat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari hamda ekspertlar ishtirok etmoqda.