Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

O‘zbekistonda 9 oy davomida qariyb 3,4 mingta YTH sodir bo‘ldi

O‘zbekistonda 9 oy davomida qariyb 3,4 mingta YTH sodir bo‘ldi

2026 yilning yanvar–sentyabr oylarida O‘zbekistonda 3 391 ta yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlari keltirilgan.

Jumladan, YTHlar oqibatida 5 581 nafar kishi jabr ko‘rgan. Hududlar kesimida:

• Samarqand viloyati — 471 ta;

• Toshkent viloyati — 459 ta;

• Toshkent shahri — 458 ta;

• Namangan viloyati — 342 ta;

• Farg‘ona viloyati — 340 ta;

• Andijon viloyati — 219 ta;

• Qashqadaryo viloyati — 215 ta;

• Surxondaryo viloyati — 199 ta;

• Jizzax viloyati — 145 ta;

• Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 140 ta;

• Xorazm viloyati — 127 ta;

• Navoiy viloyati — 117 ta;

• Buxoro viloyati — 82 ta;

• Sirdaryo viloyati — 77 ta.

Eng ko‘p yo‘l-transport hodisasi Samarqand viloyatida — 471 ta, eng kami esa Sirdaryo viloyatida — 77 ta qayd etilgan.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik