Bugun 10 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Messi o‘z rekordini yangiladi, Ronaldu esa...

Messi o‘z rekordini yangiladi, Ronaldu esa...

Lionel Messi FIFPro yil ramziy terma jamoasiga kiritilish soni bo‘yicha o‘ziga tegishli bo‘lgan rekordni yangiladi.

Kecha Xalqaro professional futbolchilar assosiasiyalari federasiyasi butun dunyo bo‘ylab 19 806 nafar o‘yinchi ishtirokidagi so‘rovnoma asosida tuzilgan ramziy terma jamoasini e’lon qildi. Argentinalik hujumchi mazkur ro‘yxatdan 2023 yildan beri birinchi marta joy oldi.

Bu Messining FIFPro jamoasiga 18-marotaba kiritilishidir. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Krishtianu Ronaldu (15 ta e’tirof) borayotgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Serxio Ramos (11) yakunlab turibdi.

Kiritildi: Bugun 05:54. O'qildi: 919 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik