Rossiya terma jamoasi yarim himoyachisi Aleksandr Golovin jarohat sabab O‘zbekiston va Venesuelaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi.
TASS ma’lumotiga ko‘ra, 30 yoshli futbolchining o‘ng oyoq boldir mushagi jarohatlangan.
Golovin 8 noyabr kuni Fransiya chempionatida «Monako»ning «Le-Man»ga qarshi o‘yinida (1:1) jarohat olib, ikkinchi bo‘lim boshida almashtirilgandi.
Yarim himoyachi joriy mavsum «Monako» safida 13 ta o‘yinda bitta gol va 3 ta golli uzatma qayd etgan.
Rossiya terma jamoasi 12 noyabr kuni Toshkentda O‘zbekiston, 17 noyabrda esa Krasnodarda Venesuelaga qarshi maydonga tushadi.