Ijtimoiy tarmoqlarda Qo‘qon shahridagi mehmonxonada 13 yoshli voyaga yetmagan qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etilgani haqida xabar tarqaldi. Ijtimoiy himoya agentligi Farg‘ona viloyati boshqarmasi izoh berdi.
Aniqlanishicha, 2026 yil 28 sentyabr kuni Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida yashovchi 2012 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz Qo‘qon shahridagi mehmonxonada jinsiy zo‘ravonlikka uchragan.
Mazkur holat yuzasidan 2026 yil 29 sentyabr kuni Qo‘qon shahar prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchi ushlanib, 30 sentyabr kuni unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Hozirda jinoyat ishi doirasida tegishli ekspertizalar tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Voyaga yetmagan jabrlanuvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, uning ruhiy holatini tiklash hamda zarur yordam ko‘rsatish maqsadida unga psixologik va yuriditik xizmatlar biriktirilgan.
Mazkur holat Ijtimoiy himoya milliy agentligining mas’ul xodimlari nazoratiga olingan, deyiladi xabarda.