Iroq bosh vaziri Ali az-Zaydiy hukmron koalisiya a’zolariga Trampga taqdim etilgan harbiy rejalarga oid sizdirilgan hujjatlarni ko‘rganini ma’lum qilgan.
Bu rejalar orasida AQSh qo‘shinlarining Iroq hududi orqali Eron janubiga kirib borishi va quruqlikdagi bosqinni boshlashi ssenariysi ham bor. Bu haqda Al-Mada nashri xabar bermoqda.
Az-Zaydiy, shuningdek, Eron qo‘shinlari Iroq hududi orqali Quvaytga bostirib kirishi mumkin bo‘lgan boshqa bir ehtimoliy ssenariy haqida ham gapirgan.
Bundan tashqari, u Iroqdagi shialarga mansub qurolli guruhlarni Eron tomonida turib urushga aralashmaslik haqida ogohlantirgan. Uning aytishicha, agar ushbu guruhlar janglarda ishtirok etsa, Iroq hukumati ularning ko‘plab yetakchilarini hibsga olishga kirishishi mumkin.