O‘zbekistonda 2026 yilga mo‘ljallangan islohotlar dasturiga muvofiq 4 ming kilometr magistral yo‘l xalqaro talablarga mos avtobanlarga (bu yuqori tezlikda harakatlanish uchun mo‘ljallangan zamonaviy avtomobil yo‘li hisoblanadi) aylantiriladi.
Rejaga ko‘ra, quyidagi yo‘nalishlar bosqichma-bosqich modernizasiya qilinadi:
— Andijon – Qo‘ng‘irot
— Toshkent – Termiz
— Samarqand – Shahrisabz
— Olot – Sariosiyo
Loyihalar davlat byudjeti va xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, Qoraqalpog‘iston, Buxoro, Qashqadaryo va Surxondaryo hududlaridagi 300 km ga yaqin yo‘llar rekonstruksiya qilinadi.
Natijada yo‘llarning o‘tkazish qobiliyati oshadi, yuk ko‘tarish darajasi 13 tonnagacha ko‘payadi, harakat vaqti 6 soatga qisqaradi va ekspluatasiya xarajatlari ikki barobarga kamayishi kutilmoqda.