AQSh prezidenti Donald Tramp sabrli bo‘lishga tayyor, ammo u Eron bo‘yicha kelishuvning hal bo‘lishini abadiy kutmaydi. Bu haqda AQShning NATOdagi doimiy vakili Metyu Uitaker Fox Business telekanalida ma’lum qildi.
“Menimcha, u oqilona chegaralar ichida sabrli bo‘lishga tayyor, lekin u abadiy kutish niyatida emas”, deb ta’kidladi doimiy vakil.
16 fevral kuni Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravanchi bildirishicha, agar Vashington sanksiyalarni bekor qilishni muhokama qilishga rozi bo‘lsa, Tehron yadroviy kelishuv bo‘yicha AQSh bilan murosaga kelishga tayyor.