Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Putinni mantiqiy dalillar ishontira olmaydi"

"Putinni mantiqiy dalillar ishontira olmaydi"

Germaniya kanslerining aytishicha, Ukrainadagi urushni muzokaralar yo‘li bilan tezroq yakunlashning imkoniyati deyarli yo‘q, bu urush tomonlardan biri harbiy yoki iqtisodiy jihatdan holdan toygandagina tugaydi.

"Putinni mantiqiy va gumanitar dalillar bilan ishontirib bo‘lmaydi. Bu achchiq haqiqat. Shuning uchun Yevropa Rossiyaning urushni iqtisodiy jihatdan moliyalashtira olishiga to‘sqinlik qilishga harakat qilmoqda”, — dedi Mers.

Germaniya kansleri Putin rejimi yaqin kelajakda urushsiz yashay olmasligiga ishonchi komilligini, chunki unda frontdan qaytayotgan yuz minglab og‘ir yaralangan askarlarning kelajagi bilan bog‘liq hech qanday reja yo‘qligini aytdi.

Kiritildi: Bugun 14:55. O'qildi: 810 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!