Habib Nurmagomedov Rossiyadagi barcha bizneslarini tark etib, Birlashgan Arab Amirliklariga investisiya kiritdi — OAV.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sobiq UFC chempioni Rossiyadagi biznes faoliyatini to‘xtatgan, u hozirda xorijda yiliga taxminan 50 million dollar ishlab topmoqda.
Qayd qilinishicha, Nurmagamedov Rossiyada yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatini tugatib, mavjud qarzlarini to‘lagan va soliq hisobotlari bilan bog‘liq muammolardan so‘ng mahalliy aktivlarini sotishni boshlagan.
2021 yildan beri Habib bir qancha kompaniya va loyihalarni, jumladan, jamg‘arma, xayriya tashkiloti, sayyohlik agentligi va kiyim brendlari bilan ishlashni to‘xtatgan.