Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Xorazmda Xorazmiy haykali uchun 25 mlrd so‘m ajratiladi

Xorazmda Xorazmiy haykali uchun 25 mlrd so‘m ajratiladi

Bu haqda viloyat hokimining 2026 yil 18 fevraldagi farmoyishida aytiladi.

Unga ko‘ra, al-Xorazmiy haykalini yasash, o‘rnatish hamda uning atrofidagi xiyobonni obodonlashtirish ishlarini moliyalashtirishga 25 mlrd so‘m beriladi. Mazkur ishlar uchun viloyat mahalliy byudjetining 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra shakllangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘m. O‘zbekiston Badiiy akademiyasiga o‘tkazib beriladi.

Ushbu hujjat Prezidentning 2025 yil may oyida Xorazm viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining tegishli qaroriga muvofiq qabul qilingan.

Loyiha ijrosini nazorat qilish viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Anvar Davletov zimmasiga yuklatildi.

Kiritildi: 23:16 18.02.2026. O'qildi: 584 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!