Bugun 19 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

"Man Siti" "Barsa"ning rejalarini chippakka chiqardi!

"Man Siti" "Barsa"ning rejalarini chippakka chiqardi!

"Manchester Siti" keyingi mavsum uchun tarkibni rejalashtirmoqda. Rodrining jarohatlarga moyilligini hisobga olgan holda, "shaharliklar" uchun yarim himoyachi Niko Gonsalesni jamoada saqlab qolish juda muhim. Premyer-liganing top-klubi futbolchining yozda ehtimoliy ketishini bloklashga qaror qildi. Bu haqda "El Nacional" nashriga tayanib "Transfer News Live" xabar bermoqda.

"Manchester Siti"ning bu qarori Gonsalesni o‘z safiga qaytarish imkoniyatini ko‘rib chiqayotgan "Barselona"ni xafa qilishi mumkin.

2025/2026 yilgi mavsumda Niko Gonsales "Manchester Siti" tarkibida 33 ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi. Nufuzli "Transfermarkt" portali 24 yoshli futbolchini 45 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 23:51 18.02.2026. O'qildi: 301 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!